Joriy yilning 21-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov ishtirokida Furqat tumani ro‘yxatga olish bo‘limiga registrator lavozimiga ishga qabul qilinayotgan fuqarolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda registratorning aholini ro‘xatga olish jarayonida amalga oshiradigan ishlari, normativ -huquqiy xujjatlarda mazkur lavozim talablari haqida tushuncha berib o‘tildi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarordan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, respondentlar yashaydigan turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib so‘rov o‘tkazish orqali amalga oshirilishi, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldirilishi haqida keng va atriflicha no‘xtalib o‘tildi.
Furqat tumani statistika bo‘limi.