21/07/2022

Joriy yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston tumani “Ro‘yxatga olish” bo‘limiga registrator lavozimiga ariza bergan fuqarolar uchun o‘tkazilgan o‘quv seminarida respondentlar yashaydigan turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib so‘rov o‘tkazish orqali amalga oshirilishi, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldirilishi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida yashash joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan respondentlar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar mazkur uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan hamda o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma’lum qilinishi, yashab turgan xonadonida ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish tuman va shahar  hokimliklar tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan statsionar uchastkalarda  amalga oshirilishi haqida ta’kidlab o‘tildi.

photo2022-07-2210-40-58
photo2022-07-2210-40-55
photo2022-07-2210-40-50
photo2022-07-2210-40-53
photo2022-07-2210-40-58 photo2022-07-2210-40-55 photo2022-07-2210-40-50 photo2022-07-2210-40-53

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika bopshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov ishtirok etdi.

O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.