22/07/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-iyul holatiga Farg‘ona viloyati xorijga qiymati 3,7 mln. AQSh dollariga teng 6,8 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan. 📊Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 4,6 ming tonnaga ko‘p.

👇Olxo‘ri eksportida eng katta ulushi asosan quyidagi shahar va tumanlar:

🟣Oltiariq t. – 1,4 mln. AQSh dollari

🟣Quva t. – 359,2 ming AQSh dollari
🟣Toshloq t. – 360,8 ming AQSh dollari
🟣Quvasoy sh. – 513,5 ming AQSh dollari
🟣Beshariq t. – 187,0 ming AQSh dollari
🟣Farg‘ona t. – 170,6 ming AQSh dollari
🟣Bag‘dod t. - 122,9 ming AQSh dollari
🟣Buvayda t. – 118,8 ming AQSh dollari miqdorida olxo‘ri eksporti amalga oshirildi.