Joriy yilning 22-iyul kuni Farg'ona viloyati Statistika boshqarmasi ro'yxatga olish bo'limi 1-toifali mutaxasisi G'. Mamajonov, Marg‘ilon shahar “Ro'yxatga olish” bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etish uchun registratorlikka nomzodlar bilan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Farg'ona viloyati Statistika boshqarmasi ro'yxatga olish bo'limi 1-toifali mutaxasisi G'.Mamajonov ishtirokchilarga “Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilangan barcha vazifalar tushuntirildi. Xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb qilinadigan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, davlat tilini bilishi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, muomala layoqatiga ega bo‘lishi, aholi bilan muloqotga kirisha oladigan, aniq va tushunarli yoza oladigan hamda tegishli hududda doimiy yashab turgan bo‘lishi kabi talablar qo‘yilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi.