Joriy yilning 21-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limining mutaxassisi G‘. Mamajonov ishtirokida tuman “Ro‘yxatga olish” bo‘limiga registrartorlik lavozimiga ariza bergan nomzodlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar jarayonida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha normativ-huquqiy xujjatlarda registratorlik lavozimiga qo‘yilayotgan talablar, vazifalar haqida keng va atroflicha tushuncha berildi. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, ro‘yxatga olish hujjatlari tarkibi va uni to‘ldirish tartibi, shuningdek, ro‘yxatga oluvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalarini o‘rgatish, texnika xavfsizligi bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi.