25/07/2022

Avval xabar berganimizdek joylarda “Ro‘yxatga olish” bo‘limlariga registrator lavozimiga o‘z arizalari bergan fuqarolar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Bu galgi o‘quv seminar, Yoz’yovon tumanida viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G’. Mamajonov ishtirokida tashkil etildi. Seminar davomida ma’ruzachi  registratorning asosiy vazifalari, normativ-huquqiy xujjatlar asosida ishlarni tashkil etish, davlat tilini yaxshi bilishi va xusnixati chiroyli bo‘lishi kabi talablar haqida to‘xtalib o‘tdi.

photo2022-07-2517-25-01
photo2022-07-2517-25-04
photo2022-07-2517-24-54
photo2022-07-2517-24-58
photo2022-07-2517-25-01 photo2022-07-2517-25-04 photo2022-07-2517-24-54 photo2022-07-2517-24-58

Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini o‘tkazilishining asosiy maqsadi, O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mohiyati va mazmunini tushuntirishga ham to‘xtalib o‘tildi. Seminar so‘nggida seminar ishtirokchilari tomonidan savol-javob tarzida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Yozyovon tumani statistika bo‘limi.