25/07/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Toshloq tumani “Ro‘yxatga olish” bo‘limiga registrator lavozimiga ariza topshirgan fuqarolar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining  2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-611-sonli Qonuniga asosan tuman va shahar ro‘yxatga olish bo‘limlariga registrator lavozimiga ariza bergan fuqarolar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

photo2022-07-2517-34-49
photo2022-07-2517-34-44
photo2022-07-2517-34-46
 

Mazkur tadbirda “Ro‘yxatga olishjarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi, o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida “Aholini ro‘yxatga olish” dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etish, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning mazmunini oshkor qilmasligi shartlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Toshloq tumani statistika bo‘limi.