Joriy yilning 21-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18-iyul kungi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-323-son qarori mazmun mohiyatitushuntirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev so‘zga chiqib, mazkur qarorga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan mablag‘ ajratishning yangi tizimi joriy etilganligi, unga ko‘ra tijorat banklari ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratishi, ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarilishi, ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishga ruxsat etilganligi va eng muhimi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmasligini alohida ta’kidlab o‘tildi.
Axborot xizmati.