Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G’.Mamajonov ishtirokida registrator lavozimiga ariza bergan nomzodlar uchun o‘quv seminar tashkil qilindi. Seminarda aynan mazkur lavozimga qo‘yilayotgan talablar, ularning lavozim vazifalari nimalardan iboratligi haqida gapirib o‘tildi.
Jumladan “Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ro‘yxatga oluvchi xodimlar ro‘yxatga olish varag‘iga binoan respondentlardan shaxsga doir ma’lumotlarni olishi, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni bajarganlik uchun mehnatiga haq olishi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi, o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida Aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.