Avval xabar berganimizdek, 2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun oʻz hududlari miqyosida bevosita masʼul etib belgilangan mazkur boʻlimlarning boshliqlari va oʻrinbosarlari uchun hududuiy statistika boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv seminarlari oʻtkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 26-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshligining o‘ribosari Sh.Do‘snayev ishtirokida navbatdagi seminar tashkil etildi. Unda Farg‘ona viloyatning barcha shahar va tuman Roʻyxatga olish boʻlimlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirok etib, ularga registratorlarni tanlab olishda nimalarga e’tibor qaratish, ular bajaradigan vazifalar bo‘yicha nazariy va amaliy koʻnikmalarni hosil qilish yuzasidan maslahatlar berildi.
Xususan, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish, aholini roʻyxatga olish jarayonini toʻliq va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun zamin yaratadi. Oʻquv-seminar davomida uy-joy roʻyxatini tuzuvchilarni ish jarayoniga puxta tayyorgarlik koʻrishlarida roʻyxatga olish boʻlimlarining masʼuliyati va vazifalari alohida taʼkidlandi.
Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga keng va atroflicha javob qaytarildi.
Axborot xizmati.