26/07/2022

Joriy yilning 22-iyul kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida 2022-yil 18-iyul kungi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 388-son qarorining mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

photo2022-07-2709-32-35
photo2022-07-2709-32-38
photo2022-07-2709-32-35 photo2022-07-2709-32-38

Yig‘lishda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev  so‘zga chiqib, mazkur qarorda  Suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan qonun osti xujjatlarini muvofiqlashtirish, suv xo‘jaligi sohasiga oid ayrim tushunchalarga aniqlik kiritish, suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlaridagi xujjatlarni o‘rganish muddatini uzaytirish,  mumkin bo‘lgan holatlar doirasi qat’iy belgilanmaganligi bilan bog‘liq korrupsiyaviy omilni bartaraf etish, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan  moddiy rag‘batlantiriladigan vazirlik va uning tizim tashkilotlari xodimlarini  aniq belgilashni nazarda tutuvchi  o‘zgartishlar kiritililganligi hamda ayrim qarorlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganliginini haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Axborot xizmati.