Joriy yilning 25-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limining mutaxassisi G‘. Mamajonov ishtirokida Quva tumani “Ro‘yxatga olish” bo‘limiga registrartorlik lavozimiga ariza bergan nomzodlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar jarayonida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha registratorlarga qo‘yilayotgan talablar haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlarni tashkil etish, ro‘yxatga olish hujjatlari tarkibi va uni to‘ldirish tartibi, shuningdek, ro‘yxatga oluvchi xodimlarning xizmat vazifalari, davlat tilini mukammal bilishi, axloq normalariga rioya etish, texnika xavfsizligi qoidalarini bilish yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tildi.
Quva tumani statistika bo‘limi.