27/07/2022

Joriy yilning 25-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasini xodimlari ishtirokida 2022-yil 20-iyul kungi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 393-sonli hamda  2022-yil 21-iyul kungi

 

photo2022-07-2716-34-54
photo2022-07-2716-34-52
photo2022-07-2716-34-49

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi xujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi 395-sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev mazkur qarorlarda avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan tamokillashtirish hamda ushbu turdagi faoliyatni amalga oshiruvchi o‘quv tashkilotlari, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish  maqsadida qabul qilinganligi, mazkur qaror bilan haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish haqida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari ta’lim sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilinganligi, unga ko‘ra oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi diplomlar dublikatini berish davlat xizmatini joriy etish belgilanganligi, bu haqda ma’muriy reglament ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi, ma’muriy reglament 3-bob, 21 banddan iboratligi, uning ilovasida oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish sxemasi alohida belgilab qo‘yilganligi haqida axborot berdi.

Axborot xizmati.