Joriy yilning 1-3 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholini ro‘yxatga olish yuzasidan registratorlarni o‘qitish bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda. Huddi ana shunday seminar Marg‘ilon shahrida ham o‘tkazilmoqda.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev, Marg‘ilon shahar hokimligining mutaxassisi U.Mahmudov va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari qatnashdilar. Bugungi kunda (2022-yil yanvar-iyun holatiga) Marg‘ilon shahrida doimiy aholi soni 243,4 ming kishini tashkil etmoqda. Shaharda jami 56 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, 31 ta registratorlar o‘qitilmoqda. O‘qish jarayonida barcha registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar joylar ro‘yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish, hamda xaritalarni o‘rganish ishlari amalga oshiriladi.
Axborot xizmati.