01/08/2022

Joriy yilning 1-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i H. Nortojiyev, Qo‘shtepa tumani hokimining 1-o‘rinbosari A. Yunusov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim orinbosari D. Olimova hamda tuman ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i Sh.Toshtemirovlar ishtirokida uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2022-08-0208-06-54
photo2022-08-0208-06-51
photo2022-08-0208-06-47
photo2022-08-0208-06-57

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasning bo‘lim boshlig‘i H.Nortojiyev  so‘zga chiqib,  uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarning asosiy vazifalari, registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar joylar ro‘yxatini to‘liq tuzilishini va aholi soniga aniqlik kiritilishini hamda xaritalarni o‘rganilishini kunlik nazoratini qilib borishi, registratorlar tomonidan o‘rganilib, maxsus belgilar kiritilgan xaritalarni birma-bir tekshirgan holda bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida 2022-yil 10-sentyabrga qadar qabul qilinishini ta’minlashi haqida batafsil tushuncha berdi. Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 1-iyul holatiga Qo‘shtepa tumanining doimiy aholisi soni 200,7 ming kishini tashkil etdi. Tumanda jami 51 mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, bugungi  kunda jami 44 ta registratorlar o‘qitilmoqda.

Axborot xizmati.