02/08/2022

Joriy yilning 2-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Farg‘ona shahar “Ro‘yxatga olish” bo‘limi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi  Davlat statistika  qo‘mitasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Do‘snayev ishtirok etdi.

photo2022-08-0307-35-35
photo2022-08-0307-35-32
photo2022-08-0307-35-28
photo2022-08-0307-35-35 photo2022-08-0307-35-32 photo2022-08-0307-35-28

Seminarda Sh.Do‘snayev tomonidan registratorlarga xaritani o‘rganish davomida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar, raqamlanmagan uylar, ko‘cha nomlari, noturar joylarni belgilash jarayonida yuzaga keladigan muammolar bo‘yicha maslahatlar berildi. Shundan so‘ng, hududga yaqin “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘inida registratorlar o‘z nazariy bilimlarini amaliyotda sinab oldilar. Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona shahrida 70 mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat olib bormoqda, unda jami  88827 uy xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, bugungi kunda 36 ta registrator o‘qitilmoqda.

Axborot xizmati.