02/08/2022

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 133,8 million AQSh dollarini tashkil etib,📊 oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 33,0 %ga o‘sdi va importning umumiy hajmidagi ulushi 21,1 %ga yetdi.

⬇️Shundan:
🟢Toʻqimachilik, yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar -24,6 mln.
🟢Metallardan tayyorlangan buyumlar -16,6 mln.
🟢Probka va daraxtlardan tayyorlangan buyumlar -9,2 mln.
🟢Choʻyan va po‘lat - 48,2 mln. AQSh dollariga to‘g‘ri kelgan.

👇Sanoat mahsulotlarining asosiy import bozorlari:
Xitoy Xalq Respublikasi – 51,1
Rossiya Federatsiyasi – 45,7
Turkiya – 4,0
Tojikiston – 4,9
Qozog‘iston – 3,6mln. AQSH dollarini tashkil etdi.