03/08/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasini xodimlari ishtirokida  2022-yil 24-may kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-140-son farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

photo2022-08-0320-43-54
photo2022-08-0320-43-51

Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev mazkur farmonda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmoniga muvofiq aholini ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilinganligi, farmon ilovasidagi 9-bandlar bo‘yicha suv, issiqlik ta’minoti, ko‘p kavatli uylarni boshqarish organlari faoliyati kabi masalalarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi haqida to‘htalib o‘tdi. Bundan tashqari 2022-yil 22-iyul kungi O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-son qonuniga alohida to‘xtalib, mazkur Qonun oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil  28-dekabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2022 yil 28-aprelda ma’qullanganligini, jami 14-bob, 57-moddadan iborat bo‘lib, ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kirishini bildirib, Qonunning 3-7-23-24-40-47-50-51-52-53-56-moddalari qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yilganligi haqida atroflicha tushuncha berdi.

Axborot xizmati.