Avval xabar berganimizdek joriy yilning 1-3-avgust kunlari respublikamizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish yuzasidan registratorlarni o‘qitish bo‘yicha seminarlar tashkil etildi. Uch kun davomida olingan nazariy bilim va ko‘nikmalar amalda sinab ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish”
boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Do‘snayev ishtirok etgan Farg‘ona, Marg‘iloin, Quvasoy shaharlari, Toshloq, Quva, Farg‘ona, Oltiariq va Yozyovon tumanlaridagi seminarlarda registratorlarning asosiy vazifalari, registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar obyektlar ro‘yxatini tuzish, xaritani o‘rganish davomida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar, noturar obyektlarni belgilash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Axborot xizmati