04/08/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida, viloyatimizning barcha hududlarida uy-joylarni ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi. Registratorlarga biriktirilgan mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan uy-joy obyektlarni, noturar joylarni, raqamlanmagan uylarni, xaritada bor, lekin hududda yo‘q obyektlar, xaritada yo‘q, lekin hududda mavjud bo‘lgan obyektlarni xaritaga to‘g‘ri tushirish ishlari amalga oshirmoqda.

 

photo2022-08-0507-29-43
photo2022-08-0507-24-33
photo2022-08-0507-24-30

Suratda: Quva, So‘x O‘zbekiston tumanlaridagi registratorlar uy-joylarni xaritaga tushirish jarayonida

Axborot xizmati.