Joriy yilning 5- avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurazaqov, boshqarmaning mutaxassisi G‘.Mamajonov, Qo‘shtepa tumani “Ro‘yxatga olish” bo‘limi boshlig‘i va mahallaga biriktirilgan regshistratorlar ishtirokida tumanga qarashli “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan uy-joylarni xarita bilan solishtirish ishlari hamda raqamlanmagan uy sohiblari bilan uyni raqamlashitirish nima uchun zarurligi, xaritada mavjud bo‘lgan, lekin joyida mavjud bo‘lmagan turar va noturar obyektlarni solishtirish ishlari amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shtepa tumanida jami 42429 uy-xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, jami tumanda 44 ta registrator uy-joylarni ro‘yxatga olmoqda.
Axborot xizmati.