05/08/2022

🏢Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyun oylari holatiga  Farg‘ona viloyati bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan jami 1 524,6 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 230,1 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 145,0 %ni tashkil etdi.