Joriy yilning 5-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev, “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘lim mutaxassisi G‘.Mamajonov, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i J.Xasanovlar Farg‘ona tumanining “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “Sohibkor” ko‘chasiga biriktirilgan registrator bilan hamkorlikda xaritadagi ma’lumotlarni solishtirish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, Farg‘ona tumanida jami 50180 ta uy xo‘jaligi mavjud bo‘lib, ularni ro‘yxatga olish uchun 56 ta registrator jalb qilingan. “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida belgilanganidek, registratorlar xonadonlarni o‘rganish jarayonida yettita shartli belgilar asosida xaritaga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin. Uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda.
Axborot xizmati.