Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19-apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197-son qaroriga asosan tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan tajriba almashish maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev, “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, boshqarmaning “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, mazkur bo‘lim mutaxassisi Ya. Esonmirzayevlar Toshkent viloyatining Parkent tumanida sinov tariqasida o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etmoqdalar. Ular maxsus tayyorlangan registratorlar bilan hamkorlikda uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligini joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazmoqdalar.
Axborot xizmati.