08/08/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha сhakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 📊2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 55,4 %ga o‘sdi va 1 344,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 12,5 % ulushiga to‘g‘ri keldi.

👇Shundan eng yuqori ulushga ega hududlar:
🟢Farg‘ona sh. – 597,2 mlrd.so‘m
🟢Qo‘qon sh. – 331,1 mlrd.so‘m
🟢Uchko‘prik t. – 256,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi.