09/08/2022

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra,2022-yil yanvar-iyun holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 85,8 ming tonna go‘sht  yetishtirildi. 📊Bu esa 2021–yilning yanvar–iyuniga nisbatan 2,6 %ga ko‘p demakdir.

👇Shundan:
🥩Fermer xo‘jaliklari – 3,5
🥩Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari – 69,2
🥩Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 13,1 ming tonnaga to‘g‘ri keldi.

👇Go‘sht yetishtirish bo‘yicha eng yuqori ulushga ega bo‘lgan tumanlar:
♻️Farg‘ona tumani – 12 353 tonna
♻️O‘zbekiston tumani – 6 265 tonna
♻️Buvayda tumani – 6 246 tonnani tashkil etdi.