Joriy yilning 9-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Beshariq tumaniga qarashli “Quyi Zarqaynar”, “Bo‘ston”, “Namuna”, “Beshsari”, “ Beshog‘a”, “Tomosha” mahalla fuqarolar yig‘inlarida registratorlar tomonidan xonadonlarni o‘rganish jarayonida xaritaga o‘zgartirishlar kiritish ishlari amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Beshariq tumanida jami 40506 ta uy xo‘jaligi mavjud bo‘lib, ularni ro‘yxatga olish uchun 43 ta registrator jalb qilingan. Uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda.
Axborot xizmati.