🏢Joriy yilning 9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida, Qo‘shtepa tumanida jami 42429 uy-xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularni ro‘xatga olish uchun 44 ta registrator jalb qilingan.
Uy-joylarni ro‘yxatga oluvchi (registratorlar)larga biriktirilgan mahala fuqarolar yig‘inlarining sxematik xaritasini o‘rganish jarayonida yettida shartli belgilar asosida raqamlanmagan uylar, ko‘cha nomi belgilari, xaritada mavjud bo‘lmagan yangi qurilgan turar va noturar obyeklarni kiritish kabi ishlar amalga oshirildi.
Axborot xizmati.