Joriy yilning 9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Buvayda tumaniga qarashli “Dotho”, “Yangi hayot”, “Qoratepa”, “Begobod” mahalla fuqarolar yig‘inida registratorlar tomonidan barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar obyektlar ro‘yxatini tuzish, xaritada mavjub bo‘lgan, lekin o‘rganish jarayonida mavjud bo‘lmagan obyektlarni shartli belgilar asosida xaritaga o‘zgartirishlar kiritish ishlari amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Buvayda tumani bo‘yicha 43 registrator jami 40839 uy-xo‘jaliklarining ro‘xatga olish ishlarini olib bormoqda
Axborot xizmati.