Joriy yilning 10-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E. Ro‘ziboyev, Marg‘ilon shahar “Ro‘yxatga olish” bo‘limi boshlig‘i M. Anvarjonov va «Kosibchilik» mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan registrator ishtirokida mahallada joylashgan uy-joylarni xarita bilan solishtirish ishlari, raqamlanmagan uy sohiblari bilan uyni raqamlashitirish yuzasidan tushuntirishlar hamda xaritada mavjud bo‘lgan, lekin joyida mavjud bo‘lmagan turar va noturar obyektlarni solishtirish ishlari amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, “Kosibchilik” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 640 uy-xo‘jaligi bo‘lib, unda 5195 ta aholi istiqomat qiladi.
Axborot xizmati.