10/08/2022

Joriy yilning 10-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev, “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, Farg‘ona shahar “Ro‘yxatga olish” bo‘limi boshlig‘i J.Qodirjonov hamda Farg‘ona shahar “Beglar” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan registrator bilan hamkorlikda xaritadagi ma’lumotlarni solishtirish ishlari amalga oshirildi.

photo2022-08-1107-59-38
photo2022-08-1107-59-24
photo2022-08-1107-59-33
photo2022-08-1107-59-38 photo2022-08-1107-59-24 photo2022-08-1107-59-33

Xususan,”Beglar” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 1011 ta uy xo‘jaligi mavjud bo‘lib, ularda jami 4510ta aholi istiqomat qiladi. Xaritaga o‘zgartirishlarni kiritish yettita shartli belgilar asosida amalga oshirilmoqda. O‘zgartirilgan ko‘cha nomlari, raqamlanmagan uylar, xaritada mavjud bo‘lmagan, lekin joyda yangi qurilgan noturar obyektlarni xaritaga kiritish ishlari olib borildi. Uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda.

  Axborot xizmati.