10/08/2022

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha  aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 539,7 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2021-yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 123,6 %ga yetdi. Taqqoslash uchun: 2021-yilda ushbu xizmat turi hajmi 428,7 mlrd. so‘m yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,2 %ga teng bo‘ldi. O‘sish sur’ati 116,0 %ni tashkil etdi.