Joriy yilning 10-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari G‘. Mamajonov, D.Maxsudov, Qo‘qon shahar ‘Ro‘yxatga olish” bo‘limi boshlig‘i Sh. Hamroyevlar Qo‘qon shahriga qarashli “G‘oziyog‘liq”, mahalla fuqarolar yi‘g‘iniga biriktirilgan registrator bilan hamkorlikda hududda joylashgan uy-joylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari raqamlanmagan uy sohiblari bilan uylarni raqamlashitirish nima uchun zarurligi haqida tushuncha berdilar hamda xaritada mavjud, lekin joyida mavjud bo‘lmagan turar va noturar obyektlarni solishtirish ishlarini olib bordilar. Eslatib o‘tamiz, “G‘oziyog‘liq” MFYda, jami 801uy-xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularda 4600 aholi istiqomat qiladi.
Axborot xizmati.