Joriy yilning 10-avgust kuni Bagdod tumani “Ro‘xatga olish “ bo‘limi boshlig‘I O.Narimonov, boshliq o‘rinbosari U.Abdurazzakovalar Bag‘dod tumaniga qarashli “Chekmirzaobod”, “Saidobod”, “Muqimiy”, “O‘zbekiston”, “Olchin”, “Begobod”, “Sahovat”, “Bedarak” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan registratorlar bilan birgalikda xaritadagi ma’lumotlarni solishtirish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, Bag‘dod tumanida jami 47274 ta uy xo‘jaligi mavjud bo‘lib, ularda jami 225 367 ta aholi istiqomat qiladi. Uy-xo‘jaliklarni ro‘yxatga olish uchun 49 ta registrator jalb qilingan. Uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda.
Axborot xizmati.