11/08/2022

Joriy yilning 11-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi yetakchi mutaxassisi D.Mahsudov, Quva tumani "Ro‘xatga olish" bo‘limi boshlig‘i H.Akramovlar Quva tumaniga qarashli bir qator “Nayman”, “Qayirma”, “Chilon”, “Bo‘ston”, “O‘zbek” mahalla fuqarolar yig‘inlarida registratorlar bilan hamkorlikda xonadonlarni o‘rganish va xaritaga o‘zgartirishlar kiritish ishlarini amalga oshirdilar.

photo2022-08-1209-03-26
photo2022-08-1209-03-29
photo2022-08-1209-03-21
photo2022-08-1209-03-23
photo2022-08-1209-03-15
photo2022-08-1209-03-18

Eslatib o‘tamiz “Nayman” MFYda jami 702 ta(aholi soni 3718), “Qayirma” MFYda 758 ta (aholi soni 4152), “Chilon” MFYda 641 ta (aholi soni 3741), “Bo‘ston” MFYda 877 ta (aholi soni 3522), “O‘zbek” MFYda  563 (aholi soni 3660) uy-xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ro‘yxatga olish jarayonida mahalla xaritasiga kiritilmagan yangi qurib bitkazilgan noturar obyektlarni aniqlash, solishtirish va xaritaga kiritish, mahallada bir xil ko‘cha nomlarini aniqlash va xaritaga o‘zgartirish kiritish kabi ishlarni olib bordilar.

Axborot xizmati.