12/08/2022

Joriy yilning 12-avgust kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida 2022-yil 8-iyul kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-167-son farmoni hamda  2022 yil 21-iyul kungi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 396-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

photo2022-08-1219-08-54
photo2022-08-1219-08-51
photo2022-08-1219-08-54 photo2022-08-1219-08-51

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, 2022 yil 8-iyul kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-167-son farmoniga to‘xtalib, so‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, rivojlantirish hamda bu yo‘nalishda xususiy sektor ishtirokini ta’minlash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilganligini haqida to‘xtaldi. Bundan tashqari, 2022-yil 21-iyul kungi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 396-sonli qaroriga to‘xtalib, so‘nggi yillarda respublikamizda norma ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yaxshilash, amalga oshirilayotgan islohotlarning institutsional-huquqiy bazasini yangilash, eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normalarni bekor qilish bo‘yicha,  qonunchilikdagi tizimli o‘zgarishlar bilan bog‘liq jadal rivojlanishni tartibga solish yukini kamaytirish, tarqoq holda tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarni tizimlashtirilganligi haqida so‘z yuritdi.

 

Axborot xizmati.