✅Joriy yilning 11-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi ta’minlash maqsadida Oltiariq tumaniga qarashli “Qapchug‘ay”, “Sharq”, “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan registratorlar xonadonlarni o‘rganish jarayonida o‘zgargan ko‘cha nomlarini hamda raqamlanmagan uylarni xaritaga kiritish ishlarini olib bormoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, Oltiariq tumanida jami 43687 ta uy xo‘jaligi mavjud bo‘lib, ularni ro‘yxatga olish uchun 41 ta registrator jalb qilingan. Uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda.
Axborot xizmati.