✅Joriy yilning 11-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Uchko‘prik tumani “Ro‘xatga olish” bo‘lim boshlig‘i B.Teshaboyev hamda tumaniga qarashli “Bog‘ibo‘ston”, “Sarqo‘rg‘on”, “Qurbonlashkar”, “Yangibog”, “Uchko‘prik”, “Oq suv” mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan registratorlar ishtirokida raqamlanmagan uy sohiblari bilan uyni raqamlashitirish nima uchun zarurligi tushuntirildi, xaritada mavjud bo‘lgan, lekin joyida mavjud bo‘lmagan turar va noturar obyektlarni solishtirish ishlari amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Uchko‘prik tumanida jami 40790 uy-xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, 40 ta registrator uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlariga jalb etilgan.
Axborot xizmati.