Joriy yilning 12-avgust kuni Furqat tumani “Ro‘yxatga olish” bo‘limi boshlig‘i A.Usmonov tumanga qarashli “Beshog‘a”, “ Karmak”, “ Qizil Qiyoq”, “O‘rta Qo‘rg‘on” maqhalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan registratorlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan uy-joy obyektlarni, noturar joylarni, raqamlanmagan uylarni, xaritada mavjud, lekin hududda yo‘q obyektlar, xaritada yo‘q, lekin hududda mavjud bo‘lgan obyektlarni xaritaga to‘g‘ri tushirish ishlarini amalga oshirdilar.
Eslatib o‘tamiz, Furqat tumanida jami 23976 uy-xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, 25 ta registrator uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlariga jalb etilgan.
Axborot xizmati.