✅Joriy yilning 13-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahriga qarashli “1-Besh bola” mahalla fuqarolar yig‘inida xaritani o‘rganish jarayoni o‘tkazildi. Mahallada jami 944 ta uy-xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularda jami 4483 ta aholi istiqomat qiladi.
Mazkur mahallada registrator xonadonlarni o‘rganish jarayonida o‘zgartirilgan ko‘cha nomlari, yangi qurilgan obyektlar va raqamlanmagan uylarni xaritaga kiritish ishlarini olib bordi.
Axborot xizmati.