15/08/2022

📆Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasning ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 70,9 %i yoki 2 801,8 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

👇Shundan:
🟣Yirik qurilish tashkilotlari - 355,5 mlrd. so‘mlik
🟣Kichik korxona va mikrofirmalar - 1 739,4 mlrd. so‘mlik
🟣Norasmiy sektor -707,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.