15/08/2022

Kuni kecha Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida 2022-yil 5-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi  432-son qarori,  2022 yil 8-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi  O‘RQ-788-son qonuni hamda 2022-yil 5-avgust kunidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  431-son qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘zyicha o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda  viloyat statistikasi boshqarmasining bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev qatnashib, qatnashchilarga mazkur qonun va qarorlarning mazmun va mohiyatini tushuntirib berdi.

photo2022-08-1518-30-04
photo2022-08-1518-30-01
photo2022-08-1518-30-04 photo2022-08-1518-30-01

Xususan, 2022-yil 5-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi  432-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PQ-263-son qarorining  2-bandi «a» kichik bandiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berish, talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishining amaldagi tartibi saqlangan holda, «Litsenziya» axborot tizimi orqali amalga oshirilishi va rasmiylashtirilishihaqida to‘xtaldi. Bundan tashqari, 2022-yil 8-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi   O‘RQ-788-son qonuniga to‘xtalib, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi, ushbu Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilishi haqida so‘z yuritdi. Yig‘ilish so‘nggida 2022-yil 5-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  431-son qaroriga to‘xtalib o‘tdi.  Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Davlat  budjeti   xarajatlarining   samaradorligini   yanada   oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida" 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qaroriga muvofiq qabul qilinganligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida" 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning xududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etilganligihaqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Axborot xizmati.