Joriy yilning 17-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida 2022-yil 4-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 345-son qarori, 2022-yil 8-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-son qarori hamda 2022-yil 10-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 443-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga 2022-yil 4-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 345-son qaroriga to‘xtalib o‘tdi. Mazkur qaror yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini amaliyotga kiritish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish haqida axborot berdi. Bundan tashqari 2022-yil 8-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-son qaroriga to‘xtalib, mazkur qaror jamiyatimizda yangi ma’naviy makon yaratishda xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirishda jamoatchilikka, eng avvalo, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan obro‘-e’tiborli va katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, faol va tashabbuskor ayollarning sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilinganligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng, 2022-yil 10-avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 443-son qaroriga to‘xtalib, mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi haqida axborot berdi.
Axborot xizmati.