17/08/2022

Bag‘dod  tumani “Ro‘yxatga olish” bo‘limi  hamda mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan registratorlar tomonidan joriy yilning 16-avgust kuni  "O‘zbekiston",  "Mehnatobod",  "Bag‘dod", "Qo‘shtegirmon", “Zafarobod” , “Ittifoq”, “Irg‘oli”, Cho‘l Yunus”, “Qashqarimakay” mahalla fuqarolar yig‘inlarida joylashgan uy-xo‘jaliklari o‘rganildi.

photo2022-08-1719-07-19
photo2022-08-1719-07-16
photo2022-08-1719-07-07
photo2022-08-1719-07-03
photo2022-08-1719-07-00
photo2022-08-1719-06-57
photo2022-08-1719-06-53

Registratorlar asosan  o‘zgargan ko‘cha nomlari, raqamlanmagan uylarni hisobga olish, noturar obyektlarda yashaydigan aholi sonini aniqlash, ularni xaritaga va mahsus jadvalga kiritish ishlarini amalga oshirdilar.  Bugungi kunda Bag‘dod tumanida jami 47274  uy-xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularda jami 225367 ta aholi istiqomat qiladi.

                                                                              Axborot xizmati.