17/08/2022

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha parrandalarning umumiy bosh soni 7909,8 mingtaga yetdi.📊 2021–yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 910,7 mingtaga kamaydi.

⬇️Shundan:
🟣Fermer xo‘jaliklari –1 242,8 ming bosh
🟡Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari – 5 303,4 ming bosh
🟢Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 1 363,6 ming boshga to‘g‘ri keldi.

👇Shundan yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:
🦃Beshariq t. – 991,2
🦃Quvasoy sh. – 784,1
🦃Bag‘dod t. - 730,9 ming boshga to‘g‘ri keldi.