Joriy yilning 18-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi mutaxassisi O.Hamrakulova hamda Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Isroilovlar ishtirokida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududdagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tuman statistika bo‘limiga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.