✅Joriy yilning 17-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Toshloq tumaniga qarashli bir qator mahalla fuqarolar yig‘inlarida registratorlar tomonidan mahallalarda yashovchi aholi soni ko‘rsatilgan turar joylar va binolar ro‘yxatlarini shakllantirish hamda sxematik xaritalarni joyiga chiqqan holda o‘rganib, o‘zgartirishlar kiritish ishlari amalga oshirildi.
Axborot xizmati.