19/08/2022

Kuni kecha Farg‘ona statistika boshqarmasi tarmoq bo‘lim boshliqlari, shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hisobotga mas’ul shaxslar ishtirokida “2-DX shakli “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida”gi hisobotini shakllantirish yuzasidan seminar tashkil etildi. O‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi”boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari A.Kadirov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev, viloyat statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Akbarovlar ishtirok etdilar. Seminar jarayonida “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari A.Kadirov tomonidan 2-DX shakli “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti”dagi ma’lumotlarni shakllantirishda mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan foydalanilayotgan ma’lumot manbaalarini tanlanma tarzda o‘rganilganligi va amaliy yordam ko‘rsatilganligi haqida axborot berdi. Bundan tashqari hisobotni to‘g‘ri to‘ldirish, hisobot ma’lumotlarni kelgusida sifati va qamrovini yanada yaxshilash yuzasidan nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Seminar so‘nggida hisobotni shakllantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Axborot xizmati.