Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Z.Ziyayev tomonidan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani ro‘yxatga olish bo‘limi uy-joylarni ro‘yxatini tuzuvchilarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Registratorlar bilan suhbatda u registratorlar o‘z uchastkasini xatlovdan o‘tkazish davomida respondentlar yashaydigan yoki yashashi mumkin bo‘lgan barcha binolar ro‘yxatini aniklash, kartografik materiallarni tekshirish, ularga tegishli belgi ko‘ish va zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritishda nimalarga e’tibor qaratishlari zarurligi, muammoli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida keng va atroflicha tushunchalar berdi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev hamda Oltiariq tumani xokimligining ma’naviyat-ma’rifat markazi boshlig‘i A.Xonkeldiyevlar ham aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini yuksak darajada o‘tkazish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Tadbir so‘ngida mazkur jarayonda faol qatnashgan, muddatidan oldin o‘z hududagi uy-joylarni ro‘xatini tuzib shakllantirgan bir qator registratorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Axborot xizmati.