19/08/2022

Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari Z. Ziyayev, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev, “Narx statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassisi G. Gafurova Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R.Xasanov hamda mazkur bo‘limining yetakchi mutaxassisi I.No‘monovalar ishtirokida Farg‘ona shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.

 Bundan tashqari, narxlarni planshetlarga kiritish, real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Z-photo-6
Z-photo-5
Z-photo-4
Z-photo-3
Z-photo-2
Z-photo-1

Axborot xizmati.